Lukas Vaskes: "Biz har doim eng yaxshilarga qarshi o‘ynashni istaymiz"
. Qo‘shdi: Narzullo
. 25 Mart, 09:48 – . 58

"Real" klubi va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Lukas Vaskes Argentina terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz har doim eng yaxshilarga qarshi o‘ynashni istaymiz, agar Messi o‘yinda qatnashsa yaxshi bo‘lardi. Hozircha bunga shubha bor ekan, ko‘ramiz.

Real fikrlash kerak. Bizda yaxshi o‘yinchilardan tuzilgan ajoyib jamoa bor. Biz jahon chempionatida favorit bo‘lamizmi, buni muhokama qilish kerakmas. Biz ishlaymiz va yaxshi holatda yetib boramiz.

Men yaxshi formadaman. O‘yin amaliyati olayotganimdan xursandman. Isko ham ajoyib formada. Umid qilamizki, u shu tarzda davom etadi va biz uning o‘yinlaridan zavq olamiz", - deydi Vaskes.

Manba: stadion.uz

.
Fikr bildirish
Ulashish

Облегчить душу