"Chelsi" yozda "Real" yetakchilaridan birini sotib olmoqchi
. Qo‘shdi: Narzullo
. 25 Mart, 12:54 – . 115

Londonning “Chelsi” klubi “Real” yarim himoyachisi Garet Beylni yana APLga qaytarmoqchi.

Tarqatilgan xabarlarga qaraganda “aristokratlar” 28 yoshli uelslik futbolchining transferi borasida mavsum yakunlangach ishlarni boshlab yuborishmoqchi. Aytish lozimki, Beylga shuningdek Angliyaning boshqa bir jamoasi – “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida jami 29ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Manba: sports.uz

.
Fikr bildirish
Ulashish

Облегчить душу