Puyol: Neymarning "Real"ga o‘tishida hech qanday muammo yo‘q
. Qo‘shdi: Narzullo
. 24 Mart, 20:51 – . 108

“Barselona” klubi sobiq sardori Karles Puyol PSJ xujumchisi Neymarning Madridning “Real” klubiga o‘tishi haqidagi xabarlarga o‘z fikrini bildirdi.

“Neymarning “Real”ga o‘tishi mumkin va bu vaziyatda hech qanday muammoni ko‘rayotganim yo‘q.

Neymar o‘z ishining ustasi, bu transfer amalga oshishi mumkin. Biroq, uning PSJni tark etishi qiyin kechadi, chunki parijliklar bu futbolchi uchun juda katta mablag‘ sarflashgan.

Shuni aytishim joizki, an’anaga muvoffiq “Barselona” va “Real Madrid” dunyoning eng zo‘r klublari. Ammo bugungi kunga kelib futbolda yangi boy klublar mavjud, ularning maqsadi katta mablag‘ evaziga nomdor futbolchilarni jamoaga olib kelishdir”, - deydi Puyol.

Manba: sports.uz

.
Fikr bildirish
Ulashish