"Manchester Yunayted" yozgi transferda Rafael Varan va Toni Kroosni sotib olmoqchi
. Qo‘shdi: Narzullo
. 25 Mart, 14:41 – . 51

«Manchester Yunayted» yozgi transferlar vaqtida 200 million funt sterling miqdorida mablag' ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourino «Real» futbolchilari Rafael Varan va Toni Kroos, shuningdek «Yuventus» himoyachisi Aleks Sandro va «PSJ»dan Marko Verrattini sotib olishni maqsad qilgan.

Qayd qilinishicha, klub rahbarlari Sandroni sotib olishda uning sobiq jamoadoshi Pol Pogba xizmatidan foydalanmoqchi. Bunga uning Mourino bilan chigal munosabatlari halaqit bermasligi kerak.

Eslatib o'tamiz, Mourino «MYu» 2016 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Bu davr mobaynida mankunianliklar transferlar uchun 307,7 million funt (349,4 million evro) sarflashdi. Portugaliyalik mutaxassisning eng qimmat xaridlari Pogba (92,4 milliona funt/105 million evro) va Romelu Lukaku (74,6 million funt /84,7 million evro) bo'lib turibdi.

Manba: tribuna.uz

.
Fikr bildirish
Ulashish

Облегчить душу